Uploaded by Shoira

2-laboratoriya mashguloti

advertisement
2 — laboratoriya mashgʻuloti.
Yordamchi moddalar. Tayyor dori turlarini tayyorlashda
yordamchi moddalarning funksional xususiyatlari.
Maqsad: Dori vositalarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan yordamchi
moddalar haqida umumiy tushunchalarga ega boʻlish. Yordamchi moddalarning
dori vositasining biologik samaradorligiga taʼsirini oʻrganish.
Mavzuning ahamiyati: Yordamchi moddalar korxona va dorixona sharoitida
ishlab chiqariladigan TDVni tayyorlashda yordamchi mahsulot boʻlib hisoblanadi.
Yordamchi moddalar noindeferent massa boʻlib dori tarkibiga kiritilishi bilan uning
texnologik, kimyoviy, farmakologik va fizik xossalarini oʻzgartirish xususiyatiga
egadir. Yordamchi moddalarni toʻgʻri tanlash jarayoni bir qator tajribalaboratoriyalarini oʻtkazishga sabab boʻladi.
Vaziyatli masalalar:
1. Tayyor tabletkaning parchalanish koʻrsatkichi talab darajasida emas,
qanday yordamchi modda qoʻshiladi.
2. Sizga yoqimsiz taʼmga ega boʻlgan chaqaloq uchun eritma tayyorlash
topshirildi. Preparatni bolalar uchun maqbulroq qilish uchun qanday usullar va
yordamchi moddalardan foydalanasiz?
3. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, baʼzi yordamchi moddalar
organizmda preparatning soʻrilish tezligi va mexanizmini oʻzgartirishi mumkin.
Dori preparatini optimallashtirish uchun ushbu maʼlumotdan qanday foydalanasiz?
Tinglovchilar bilimini tekshirish uchun savollar:
1. Dori vositalarini tayyorlashda yordamchi moddalarning roli qanday?
2. Dori vositalarining barqarorligi va samaradorligiga taʼsir etuvchi
yordamchi moddalarning asosiy funksional xususiyatlari qanday?
3. Yordamchi moddalar dorilarning biologik samaradorligiga qanday taʼsir
qilishi mumkin?
4. Optimal yordamchi moddalarni tanlash preparatning eruvchanligiga
qanday taʼsir qilishi mumkin?
5. Dori vositalarini tayyorlashda yordamchi moddalarning qanday fizikkimyoviy xossalari muhim ahamiyatga ega?
6. Yordamchi moddalar dorilarning organizmda soʻrilish tezligi va
tarqalishiga qanday taʼsir qilishi mumkin?
7. Dori vositalarining tashqi koʻrinishi, tuzilishi va taʼmiga yordamchi
moddalar qanday taʼsir qiladi?
8. Yordamchi moddalar saqlash sharoitida dori barqarorligini yaxshilashga
qanday yordam berishi mumkin?
9. Turli xil yordamchi moddalarning kombinatsiyasi dorilarning biologik
samaradorligiga va taʼsir qilish davomiyligiga qanday taʼsir qilishi mumkin?
10. Yordamchi moddalar qanday guruhlarga boʻlinadi.
Mavzu "Farmatsevtika korxonasi: Asosiy formulalar" pedagogik
texnologiyasi orqali yoritib beriladi.
"Farmatsevtika korxonasi: Asosiy formulalar"
Maqsad: Tinglovchilarga dori vositalarini ishlab chiqishda yordamchi
moddalarni tanlash va ulardan foydalanishning ahamiyati va ularning funksional
xususiyatlari haqida maʼlumot berish.
Tavsif: Oʻyin farmatsevtika kompaniyasi ishining simulyatsiyasi boʻlib, unda
tinglovchilar texnologlar sifatida ishlaydi. Oʻyinchilar yordamchi moddalarning
turli xususiyatlarini hisobga olgan holda dori shakllarini yaratishlari va
optimallashtirishlari kerak.
Oʻyin jarayoni:
Loyihani tanlash: Tinglovchilar qandaydir dori shakli ishlab chiqish
loyihasini tanlaydilar. Har bir loyihaning oʻziga xos talablari va qiyinchiliklari bor.
Ingrediyentlarni oʻrganish: Tinglovchilar turli yordamchi moddalarning
xususiyatlarini oʻrganadilar va loyiha maqsadlariga koʻra optimallarini tanlaydilar.
Formulyatsiya: Tinglovchilar dori shakllarini tanlab va turli yordamchi
moddalarni birlashtirib, dori preparatini yaratadilar. Ular eruvchanlik, barqarorlik,
soʻrilish tezligi va boshqa parametrlarni hisobga olishlari kerak.
Sinov: Formulani yaratgandan soʻng, tinglovchilar preparat keltirib chiqarishi
mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlar toʻgʻrisida munozara olib boradilar.
Optimallashtirish: Sinov natijalariga koʻra, ttinglovchilar formulaga
tuzatishlar kiritadilar, moddalar nisbatini oʻzgartiradilar va preparatni yana sinab
koʻradilar.
1 – laboratoriya ishi.
Yordamchi moddalarning dori vositasining biologik samaradorligiga taʼsiri
Vazifa.
1. 10% li streptosid surtmasini emulsion va gidrofill asosda tayyorlash.
2. Petri kosachasida agar-agar plastinkasini tayyorlash.
3.Tayyorlangan mazlarning biologik samaradorligini “In vitro” usulida
aniqlash.
10% li streptosid surtmasini emulsion asosda tayyorlash
Asos tarkibi:
Emulgator T-2 – 10,0 gr
Vazelin – 60,0 gr
Tozalangan suv – 30,0 gr
Tayyorlash texnologiyasi: Chinni kosachaga Emulgator T-2 solinib suv
hammomida eritiladi, soʻng vazelin qoʻshilib massa toʻliq eritiladi. Tozalangan suv
60-70ºС da qizdirilib eritilgan massaga qoʻshilib, gomogenizatsiyalanadi va massa
sovitiladi. Streptotsidga etil spirti qoʻshilib maydalanadi (0,1 mm) va asosning 1
qismi qoʻshilib bir jinsi massa hosil qilinadi. Soʻng asosning qolgan qismi qoʻshilib
yaxshilab gomogenizatsiyalanadi.
10% li streptosid surtmasini gidrofill asosda tayyorlash
Asos tarkibi:
Metilselyulloza – 4,0 gr
Glitserin – 10,0 gr
Tozalangan suv – 86,0 gr
Tayyorlash texnologiyasi: Oʻlchab olingan Metilselyulloza (Natrik
metilselyuloza) kukuniga 70 ºС da qizdirilgan 43,0 gr tozalangan suv qoʻshiladi.
Soʻngda 30-40 daqiqadan soʻng hosil boʻlgan gelga qolgan 43,0 gr suv va 10,0 gr
glitserin qoʻshiladi. Streptotsidga etil spirti qoʻshilib maydalanadi (0,1 mm) va
asosning 1 qismi qoʻshilib bir jinsi massa hosil qilinadi. Soʻng asosning qolgan qismi
qoʻshilib yaxshilab gomogenizatsiyalanadi.
2,0 % li Agar-agar gelini tayyorlash texnologiyasi
50,0 ml tagi dumaloq kolbaga 0,6 g agar-agar solinib, ustiga tozalangan suv
quyiladi va boʻkish uchun 30 daqiqaga qoldiriladi. Soʻngra hosil boʻlgan massa 1-2
daqiqa qaynatilib, massa suv bilan 30 ml gacha yetkaziladi. Sovitilgan agar geliga 1
ml 5 % temir (III) xlorid indikatori solinib, gomogenizatsiyalanadi va Petri idishiga
iliq holda quyiladi. Soʻng muzlatgichga 10-15 daqiqaga qoʻyiladi. Ikki xil tarkibli
asoslarda tayyorlangan 10 % li streptosid surtmalaridan 2,0 gr miqdordan Petri
idishiga 2% li agar geli ustiga solinadi va 0,5; 1; 2 soat mobaynida streptosidning
diffuziya tezligi binafsha rangga boʻyalgan maydonini oʻlchash orqali aniqlanadi.
Olingan natija boʻyicha chizma chiziladi va diffuziya koeffitsenti (K) quyidagi
tenglama orqali hisoblanadi:
K=
𝑈
𝑋
Bunda:
U — diffuziya chuqurligi mm,
X - diffuziya vaqti, soat,
K - diffuziya koeffitsenti
Ikki xil aniqlash usullari orqali olingan natijalar solishtiriladi. Ushbu usul dori
moddalarni indikatorlar bilan rang hosil qilishiga asoslangan boʻlib, dori moddaning
biologik samaradorligini aniqlashga moʻljallangan.
Download